«senat kengashi» tegli maqolalar


Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda
19 yanvar 2024, 18:10

Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda

Ichki ishlar organlariga jinoyat sodir etgan yoki qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va topishda xususiy OAV imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Senat buni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Hozirda IIO faqat davlat organlari ta’sischiligidagi OAV imkoniyatidan foydalana oladi.

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva
23 oktabr 2022, 14:38

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.

«Toshkentdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlarga moslashtirilmagan» — Senat
21 oktabr 2022, 19:04

«Toshkentdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlarga moslashtirilmagan» — Senat

Poytaxtdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlar to‘siqsiz foydalanishiga moslashtirilmagan. Metro bekatlarining ko‘plarida panduslar yo‘q, borlarida ham 45 gradus qilib o‘rnatilgan. Nogironlarning 93 foizi yerusti jamoat transportini qoniqarsiz deb baholadi. Senatorlar shaharsozlarni tanqid qildi.

Senat: Bir yilda go‘daklar o‘limi 7214 tani tashkil etdi
29 sentabr 2022, 10:19

Senat: Bir yilda go‘daklar o‘limi 7214 tani tashkil etdi

Senat Kengashining reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha majlisida 2021 yilda 7214 ta go‘dak vafot etgani ma’lum qilindi. Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Buxoro viloyatida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni hisobotlarda orttirib ko‘rsatilgan — Senat
21 iyul 2022, 17:58

Buxoro viloyatida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni hisobotlarda orttirib ko‘rsatilgan — Senat

Senat Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘onada aholi bandligini ta’minlashga doir ishlarni tanqid qildi. Xususan, Buxoroda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bir vaqtda boshqa sohada ham qayd etilib, hisobotda raqamlar orttirib ko‘rsatilgan. O‘tgan yilgi investloyiha ma’lumotlari esa joriy yilda qayta kiritilgan.

Senatning 18 yalpi majlisi 26 avgust kuni chaqiriladi
19 avgust 2021, 17:46

Senatning 18 yalpi majlisi 26 avgust kuni chaqiriladi

Senatning 18 yalpi majlisida sug‘urta faoliyati, Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Qolaversa, senatorlar Toshkent shahri va viloyati chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi va TIV hisobotini tinglaydi.

5000 va 10 000 so‘mlik banknotalar dizayni yangilanadi
19 avgust 2021, 17:10

5000 va 10 000 so‘mlik banknotalar dizayni yangilanadi

Markaziy bank yangi dizayndagi 5 ming va 10 ming so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Senat 12-mart kuni bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi
27 fevral 2021, 16:05

Senat 12-mart kuni bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi

Senat navbatdagi yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud, davlat xaridlari, ekologik audit, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.

Senat Konstitutsiya va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi
2 fevral 2021, 12:11

Senat Konstitutsiya va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi

Oliy Majlis Senati 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 12-yalpi majlisda bir qator qonunlar, shuningdek, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting